Moliya xizmati xodimlarining xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Moliya xizmati xodimlarining xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Moliya xizmati xodimlarining xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Moliya va moliyaviy munosabatlar iqtisodiyotda, xususan, aholining iqtisodiy-ijtimoiy hayotida keng qo‘llaniladigan pul mablag‘lari harakatining ko‘p jabhali shakli sifatida namoyon bo‘ladi.

        Davlatning har tomonlama rivojlanishida Moliyaviy munosabatlarning o‘rni muhimdir. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda, jumladan, mablag‘lar  balanslashuvi hamda pul ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ushbu soha vakillarining bilim salohiyati va  moliyaviy savodxonlik darajasiga bog‘liq. Joriy yilninig 24 avgust kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi  "Shon-sharaf" davlat muzeyining majlislar zalida Toshkent harbiy okrugi Moliya xizmati xodimlarining umumiy xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi harbiy xizmatchilarining pul ta’minoti to‘g‘risidagi nizomning mazmun mohiyati va unda belgilangan vazfalarni bajarish, shuningdek, moliya organlari xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda ularninig bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing