Vatan neligin anglatguvchi maskan bu
Vatan neligin anglatguvchi maskan bu
Vatan neligin anglatguvchi maskan bu
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan yurtimizning barcha tuman va shaharlarida vatanparvarlik tadbirlari o'tkazilmoqda.

        Jumladan Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida joylashgan Respublika o'g'il bolalar o'quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari ham poytaxtimizda joylashgan "G'alaba bog'i'' yodgorlik majmuasida bo'lishdi.

        -Ajdodlarga munosib voris bo'lish er yigitning oliy maqsadidir, - deya takidlagan yoshlar. Ikkinchi jahon urushi davrida vatan tinchligini himoya qilish yo'lida jon fido qilgan ota- bobolarimizga tegishli bo'lgan malumotlar hamda eksponatlarni kòzdan kechirishdi. Majmua hududidagi yodgorliklar haqida yetarlicha malumotlarga ega bòlishdi. Vatan neligin anglatuvchi ushbu maskan ertamiz egalarida katta taassurot qoldirdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing