Sevimli qadamjoga aylangan maskan
Sevimli qadamjoga aylangan maskan
Sevimli qadamjoga aylangan maskan
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining barpo etilganligiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsada, yurtdoshlarimizning sevimli maskaniga aylanib ulgurdi.

        Tashrif buyuruvchilarning ta’kidlashicha ushbu majmua Vatan neligin anglatuvchi, inson qalbida shukronalik tuyg‘usini yanada mukammal shakllantirishda muhim maskanlardan biri sanalmoqda. Ayniqsa, haftaning dam olish kunlari bu tarixiy majmua tashrif buyuruvchilar bilan deyarli to‘la bo‘ladi. Ularni kuzatar ekansiz, ko‘zlarida namoyon bo‘layotgan bugungi tinch va farovon kunlarga bo‘lgan shukronalikni anglash qiyin emas. Qolaversa, ushbu majmuada o‘tkazilib kelinayotgan turli vatanparvarlik tadbirlari ham yoshlarni ona vatanga bo‘lgan mehr va muhabbati, sadoqati hamda ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing