Xorijiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Xorijiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Xorijiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Bangladesh Xalq Respublikasi Qurolli Kuchlari Milliy Mudofaa kolledji ofiserlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida mehmonlar Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi. Ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar o‘zbek xalqining azal-azaldan mehridaryo, vatanparvar hamda oliyjanob xalqlardan ekanini e’tirof etishdi.

Ayniqsa, mazkur majmuaning barpo etilishi nafaqat o‘zbekiston xalqi, balki, xorijiy davlatlarning ham e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotganini ta’kidlab, bu kabi ezgu ishlar ajdodlarga nisbatan chuqur xurmat va ehtirom ko‘rsatishdan tashqari, yoshlarni ona vatanga bo‘lgan mehr va muhabbatlarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing