Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi g‘oliblari aniqlandi
Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi g‘oliblari aniqlandi
Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 27 iyul kuni "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi huzuridagi "Shon-sharaf" davlat muzeyining majlislar zalida "Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi" tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari ishtirok etdi.

Tanlovda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi mavjud harbiy qismlar, Okrug hamda  qo‘mondonliklarda faoliyat yuritayotgan yetakchilar o‘zaro bellashdilar. Uch bosqichda olib borilgan tanlovda ishtirokchilar o‘z xizmat faoliyati mobaynida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari, shuningdek, innavatsion qarashlari bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ushbu jarayonlar hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Faxrli birinchi o‘rinni Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism yetakchisi egalladi. Gʻoliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing