Maktab o‘quvchilarining yozgi ta’tili maroqli o‘tmoqda
Maktab o‘quvchilarining yozgi ta’tili maroqli o‘tmoqda
Maktab o‘quvchilarining yozgi ta’tili maroqli o‘tmoqda
25-may kuni yurtimizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktkblarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi.

        Maktab o‘quvchilari navbatdagi yozgi ta’tilda dam olish uchun xozirlik ko‘rishmoqda. Ayni damda maktab o‘qituvchilari tomonidan bolajonlarni yurtimizning ko‘ngilochar hamda tarixiy maskanlariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ham yoshlar bilan gavjum. 
        – “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tez-tez kelib turamiz. Chunki, ushbu maskanga har safar kelganimizda o‘zimizga kuch va shijoat olamiz. Ota-bobolarimizning vatan uchun ko‘rsatgan fidoiyliklari hamda jasorati biz uchun o‘rnakdir. Men ham ulg‘aygach, jonajon ona vatanimiz rivoji uchun bor kuch g‘ayratim bilan xizmat qilishga tayyorman,–deydi shahd bilan Chilonzor tumanidagi 217-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Habibullayeva Parizoda.
        Darhaqiqat, ushbu majmua chin ma’noda yoshlar ongida vatan naqadar muqaddasligi, ularni o‘tmishda ajdodlarimiz qoldirgan qadriyatlarga sodiq qolgan holda kamol topishlarida muhim ahamiyatga ega maskan sifatida faoliyat yuritmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing