Qozog‘iston mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurdi
Qozog‘iston mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurdi
Qozog‘iston mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurdi
Joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

        Dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish tadbiri boʻlib oʻtdi. Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib, o‘zaro yaqin do‘stona munosabatlar o‘zbek—qozoq aloqalarini yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarib, ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlayotganini qayd etdi. Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida hamkorlikni davom ettirishning istiqbollari borasida fikr almashdilar. Uchrashuvdan so‘ng Qozog‘iston Respublikasi harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston mudofaa vaziri hamrohligida “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.  Shuningdek, “Shon-sharaf” muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing