“Barkamol avlod” bolalar maktablarining rasmlar koʻrik-tanlovi o‘tkazildi
“Barkamol avlod” bolalar maktablarining rasmlar koʻrik-tanlovi o‘tkazildi
“Barkamol avlod” bolalar maktablarining rasmlar koʻrik-tanlovi o‘tkazildi
Joriy yilning 15 may kuni  “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari ishtirokida Ikkinchi jahon urushi mavzusida hamda o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi, “Musaffo osmon” shiori ostida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

        Ko‘rik tanlovda ishtirok etgan ertamiz egalari o‘zlarining tasavvuridagi Vatan tushunchasi, ajdodlar jasorati, insonparvarlik tuyg‘ulari kabi ko‘plab mavzularni yoritib munosib taqdirlandi. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ananaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparalik ruhida kamol topishlarida muhim ahamiyatga ega.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing