Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻidagi “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gul qoʻydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻidagi “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gul qoʻydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻidagi “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gul qoʻydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqimizning urushdagi yoʻqotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bogʻ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum.

Bu yil ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ragʻbatlantirilmoqda. Ularning salomatligi hamisha eʼtiborda.

Gʻalaba bogʻida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam boʻldi. Ular ham majmua poyiga gullar qoʻydi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing