“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari davlm etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari davlm etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari davlm etmoqda
Toshkent  viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 20-umumta’lim maktabi o‘quvchilari erta tongdan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi.

        Majmua hamda “Shon-sharaf davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli bo‘lgan noyob eksponatlar bilan tanishgan yoshlar vatan naqadar ulug‘ dargoh ekanini yana bir bor his qilganliklarini ularning ko‘zlaridagi hayajon va shukronalikdan anglash mumkin edi. Ayniqsa, majmua hududlari bolajonlarda katta taasurot uyg‘otdi. Jumladan,ular Matonat madhiyasi, Ko‘z yoshi hamda Bolalar instalasiyasi kabi yodgorliklar xaqida ko‘proq ma’lumot olish maqsadida mutaxassislar bilan dildan suhbat qurishdi.

        –  Ushbu majmuaga sayohat qilar ekanmiz, ajdodlarimizning boshidan kechirgan ayanchli va mudhish kunlari, qolaversa, vatan uchun hatto jonidan kechgan yurt fidoiylari xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishgan o‘quvchilar qalbida kechayotgan tuyg‘ularini bayon etishdi. Bu esa, ushbu majmuaning o‘rni va ahamiyati nechog‘lik muhim ekani, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun juda tasirchan maskan ekaninidan dalolatdir,– deydi ushbu maktab o‘qituvchisi Feruza Rixsitillayeva.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing