“Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi
“Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi
“Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi
 “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan 9 - may –Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.

        Joriy yilning 6-may kuni majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida ko‘rik tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu tanlov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish orqali O‘zbekiston xalqining g‘alabaga qo‘shgan hissasi, ko‘rsatgan qahramonliklari, yurtimizga evakuasiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarning bag‘rikenglik bilan kutib olinishi singari tarixiy voqealarni ijodiy asarlarida aks ettirish orqali yosh avlodning ma’naviy olamini yuksaltirish hamda 9-may – Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olish maqsadida tashkil etilgan.  “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu tanlovda maktab o‘quvchilari, talabalar hamda erkin ijodkorlar faol ishtirok etishdi. Tanlov yakuniga ko‘ra, eng oliy mukofot – “Gran-pri” P. Benkov nomidagi respublika Rassomlik maktabi o‘qituvchsi Egamberdiyev Xasan Bobonazarovichga nasib qildi. Rangtasvir nominasiyasi bo‘yicha esa, birinchi o‘ringa Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti 3-bosqich talabasi Tillayeva Anastasiyaning ijodiy ishi loyiq ko‘rildi. Grafika nominasiyasi bo‘yicha erkin ijodkor Bobur Xudoyberdiyev g‘olib deb topildi. Shuningdek, Haykaltaroshlik nominasiyasi bo‘yicha esa, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Tohirjon Ahmedov birinchi o‘rinni egalladi. Gʻoliblar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi. Bundan tashqari, ushbu tanlovda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga munosib ko‘rilgan hamda rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘lgan ishtirokchilarga ham esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing