“Shon-sharaf” davlat muzeyida nuroniylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
“Shon-sharaf” davlat muzeyida nuroniylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
“Shon-sharaf” davlat muzeyida nuroniylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida «Inson qadrini ulug‘lash» g‘oyasi asosiy o‘rin egallaydi.

        Ushbu tamoyil ham xotira va qadrlash tushunchasi bilan uyg‘un va hamohang bo‘lib, xalqimizning azaliy ezgu orzu-intilishlariga to‘la javob beradi. Biz uchun xotira insonning insonligini anglatadigan tushuncha bo‘lib, uni o‘tmish va kelajak bilan bog‘lab turadigan buyuk ruhiy-ma’naviy qudratdir. 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan xalqimiz qahramonligini aks ettirgan “Gʻalaba bog‘i” majmuasi hududidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati nuroniylari ishtirokida “9 may – Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

        “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ham alohida o‘ringa ega bo‘lib, Universitet professor-o‘qituvchilari muzey fondini zaruriy arxiv materiallari va ekspozisiyalari bilan boyitishda faol ishtirok etishganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim.
        Uchrashuvda nuroniylarga Universitet orkestri, xor jamoasi va ansambli ishtirokida konsert dasturi namoyish etilib, nuroniylar va kursantlarning  “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohati uyushtirildi.
Tadbir so‘ngida nuroniylarga Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing