Ming bora eshitgandan, bir bora ko‘rgan afzal. “Gʻalaba bog‘i” harbiy xizmatchilar nigohida
Ming bora eshitgandan, bir bora ko‘rgan afzal. “Gʻalaba bog‘i” harbiy xizmatchilar nigohida
Ming bora eshitgandan, bir bora ko‘rgan afzal. “Gʻalaba bog‘i” harbiy xizmatchilar nigohida
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari muddatli harbiy xizmatchilarining “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga qilgan sayohati ko‘plab taasurotlarga boy bo‘ldi.

        Ayniqsa, ushbu maskan hududida qad rostlagan o‘zbekning matonatli onasi Zulfiya Zokirova hamda uning sadoqatli kelinlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik ularani hayratga soldi. Ertamiz egalari bir umr metin iroda hamda ayriliq azobida hayot kechirgan mushtipar ona timsoliga tazim bajo keltirishdi. 
        –  Safdoshlarim bilan ushbu majmuaga kirar ekanmiz, kelajakda burchimizni sadoqat bilan ado etish, muqaddas va jonajon vatanimiz tinchligini bor kuch g‘ayratimiz bilan himoya qilish kabi ezgu maqsadlarni yana bir bor qalbimizga chuqur joyladik. Boisi, ajdodlarimizninig ona vatanga bo‘lgan mehr va muhabbati hamda sadoqatini o‘zida ifoda etuvchi eksponatlarni kuzatar ekanmiz, tinchlikni asrash yo‘lida qurbon bo‘lgan ota-bobolarimizning jasoratidan tasirlandik va o‘rnak oldik. O‘z kasbimizga bo‘lgan sadoqat va mas’uliyat yanada ortdi, –deydi muddatli harbiy xizmatchi Bunyodbek Yorqinov. 
Darhaqiqat, ming bor eshitgandan, bir bora ko‘ra afzal qabilidagi ibratli so‘z zamirida olam-olam ma’no mujassam. Bugungi kunda yoshlarimizni vatanparvar hamda komil bo‘lib voyaga yetishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi chin ma’noda yurtimizda amalga oshirilayotgan amaliy ishlarninig yuksak natijasidir.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing