Sirdaryolik yoshlar “Gʻalaba bog‘iga” sayohat qilishdi
Sirdaryolik yoshlar “Gʻalaba bog‘iga” sayohat qilishdi
Sirdaryolik yoshlar “Gʻalaba bog‘iga” sayohat qilishdi
Erta tongdan poytaxtimizdagi muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi  yurtdoshlarimiz bilan gavjum.

        Ayniqsa, ko‘zlarida umid uchqunlari porlab turgan shijoatli yoshlarning ushbu maskanga qilgan sayohati ularni nafaqat, ona vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini oshiradi, balki, ota-bobolarimizdan me’ros bo‘lib qolgan insoniylik va oliyjanoblik kabi fazilatlaridan o‘rnak olib, ularga munosib davomchi bo‘lishga undaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidagi 52 -umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyati, Sirdayo tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilishdi. 
        –   Ushbu maskanga kirar ekanmiz, qalbimizda beixtiyor Ikkinchi jahon urushi davrida ishtirok etgan ajdodlarimizning yuragidagi dardu alami, ularning boshidan o‘tgan kechinmalarini his etdik. Bu ulug‘ dargoh bizni yanada xushyorlikka, jonajon vatanimizning har qarich tuprog‘ini asrab-avaylashga undovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda desak xato bo‘lmaydi,–deydi sayohatga kelgan Umidjon Turdiyev.
Darxaqiqat, o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi ushbu majmua insonni nafaqat, ajdodlarimizning ona vatan tinchligi uchun ko‘rsatgan jasoratidan so‘zlaydi, balki, vatan naqadar muqaddas ekani, uning tinchligi va osoyishtaligiga barchamiz birdek mas’ul ekanimizni yanada kuchliroq his etishga undaydi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing