8-Mart munosabati bilan ayollarga xurmat ehtirom ko‘rsatildi
8-Mart munosabati bilan ayollarga xurmat ehtirom ko‘rsatildi
8-Mart munosabati bilan ayollarga xurmat ehtirom ko‘rsatildi
Har yili 8 mart – xotin-qizlar bayrami sifatida xalqaro miqyosda nishonlanadi.

        Bahorning ilk kunlarida qarshi olinadigan ushbu bayram, aslida, xotin-qizlar muammolarini xalqaro hamjamiyat oldida yana bir eslatib qo‘yish uchun taqvimda alohida ajratib ko‘rsatilgan. Bugungi kunda yurtimizda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatda tutgan o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, har tomonlama yetuk, sog‘lom va barkamol avlodni dunyoga keltirishda avvalo ayollarimizni ruhan tetik, bilimi va tafakkurini, shuningdek, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish yo‘lida qo‘llab-quvvatlamoq zarurdir. Ushbu sana munosabati bilan yurtimizning barcha tuman va shaharlarida bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida Ma’naviyat va ma’rifat markazi,  Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, Turon  harbiy teatrida  faoliyat yuritayotgan ayollardan iborat Qurolli kuchlar ishchi-xizmatchilari uchun bayram kechasi tashkil etildi. So‘z olganlar bugungi kunda yurtimizda sohalar rivoji uchun tinim bilmay xizmat qilayotgan xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar hususida so‘z yuritib ushbu fayzli bayram bilan barcha munis va mo‘tabar ayollarni muborakbod etdi. Tadbirda barcha ayollarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shundan so‘ng, bayram tantanalari kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing