“Eng yaxshi ilmiy maqola” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
“Eng yaxshi ilmiy maqola” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
“Eng yaxshi ilmiy maqola” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “ENG YAXSHI ILMIY MAQOLA” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.

        “NATIONAL PUBLIKATION” ilmiy matbuot markazi Respublika hamda Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola” xalqaro ilmiy-amaliy ishlar tanlovida Mudofaa vazirligi harbiylari ham faol ishtirok etib munosib taqdirlandi.
        –  Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy tanlovda Qaraqalpoq xalqining Ikkinchi jahon urushida front va front ortida ko‘rsatgan bemisil fidoiyligi va jasoratini ochib beruvchi ilmiy maqolam bilan mustaqil tadqiqotchi sifatida ishtirok etdim.  Halqaro darajada o‘tkazilgan ushbu tanlovda mening mexnatlarim munosib taqdirlanganidan mamnunman. Bugungi kunda ilmiy izlanishlarni davom ettirgan holda yoshlarimizni vatanga munosib va komil insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida ajdodlarimizdan bizga me’ros bo‘lib qolgan fidoiylik, oliyjanoblik, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yoshlar ongiga singdirish kabi ezgu maqsadlar yo‘lida bor kuch g‘ayratim bilan xizmat qilaman,– deydi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik, Davletboyev Davron Yerdirboyevich. 
        –  Darhaqiqat, so‘nggi yillarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari nafaqat vatanmiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, balki, yurtimizning barcha sohalarida ham faol ishtirok etib ertamiz egalarini ajdodlarga munosib voris bo‘lib shakllanishlarida munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing