“Askar maktublari” kitob-albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi
“Askar maktublari” kitob-albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi
“Askar maktublari” kitob-albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda “Oʻzarxiv” agentligi hamkorligida “Askar maktublari” hamda “Oʻzbekiston Turkiya aloqalari Hujjatlarda” kitob - albomlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Mudofaa vazirligi faxriylari, kursantlar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda mutaxassislar tomonidan mazkur kitob albomlarining chop etilish jarayonlari xaqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumotlar berildi. Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlarida Oʻzbekiston Respublikasining turli tarixiy davrlariga oid noyob qoʻlyozma va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qatorida Ikkinchi jahon urushi davrida oʻzbekistonliklar tomonidan frontdan yuborilgan askar maktublari qariyib sakson yil davomida avaylab saqlanib kelinmoqda. Ushbu maktublarda jangchilarning ota-onalari, qarindosh-urugʻlari hamda yoru birodarlariga yoʻllagan samimiy dil izhorlari aks ettirilgan. Mazkur maktublarda jangchilarning gʻalabaga boʻlgan ishonchi, jang maydonlarida koʻrsatgan jasorati hamda dushmanga boʻlgan nafrati kabi tuygʻulari ifodalangan. Eng muhimi, davlat arxivlarida saqlanib kelinayotgan 5 mingdan ortiq askar maktublarining birortasida oʻlimdan qoʻrqish, qiyinchilik va mashaqqatlardan nolish qayd etilmagan. Ularning har bir satrida dushmanni yengish va oʻz uyiga gʻalaba bilan qaytish kabi satrlar aks etgan. “Askar maktublari” kitobiga oʻsha davrdagi maktublar, arxiv fotolari kiritilgan boʻlib, Ikkinchi jahon urushi davri tarixi bilan qiziquvchi tarixchilar, siyosatshunoslar, adabiyotshunos kabi turli soha vakillari tomonidan olib borilgan ishlar ham oʻsha davr tarixini toʻgʻri yoritishga xizmat qilmoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shuningdek, matbuot anjumanda harbiy orkestor jamoasi tomonidan vatanni madh etuvchi kuylar ijro etilib barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing