“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14 - yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda soʻz olganlar yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab olingani, bugungi kunda mamlakatimiz qudratli va milliy armiyaga ega boʻlgan holda erishilgan yutuqlar xaqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berishdi.

Shundan soʻng, oʻz xizmat faoliyati davomida burchiga sadoqat bilan xizmat qilgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli kuchlar xizmatchilariga Mudofaa vazirining “Esdalik nishoni”, “Namunali xizmatlari uchun”, “Malakali Ustoz”, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgandan soʻng, nafaqat har tomonlama qudratli milliy armiya balki, tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari uchun ham qulay shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarning yaratilayotgani yurtimizda inson qadri nechogʻlik ulugʻlanib kelinayotganligidan dalolat beradi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing