14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvlari” tashkil etilmoqda
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvlari” tashkil etilmoqda
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvlari” tashkil etilmoqda
"Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Mudofaa vazirligi faxriylari hamda ofitserlari, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadi oʻquvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining avtokross, motokross, karting, duatlon, yozgi biatlon, pnevmatik qurollardan oʻq otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel kabi sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha tashkil etilgan sport seksiyalari toʻgaraklarining koʻrgazmasi namoyish etildi. Shundan soʻng, majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Uch avlod uchrashuvi”ning maʼnaviy va maʼrifiy qismi boʻlib oʻtdi. Tadbirda ishtirok etgan faxriylar bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida Qurolli kuchlarimizda erishilayotgan yutuqlar, Mudofaa vazirligi tomonidan yosh avlodni ajdodlarga munosib vatanparvar voris boʻlib shakllanishlarida amalga oshirilayotgan ishlar hususida soʻz yuritdi.

  • Bugungi kun yoshlari uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Biz buyuk tarixiga, buyuk ajdodlariga ega boʻlgan xalqlardanmiz. Shunday ekan, yoshlarni vatanparvar, mard va jasur insonlar boʻlib kamol topishlari yoʻlida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar ularninig maʼnaviy olamini boyitishda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi,–deydi Mudofaa vazirligi faxriysi, General-mayor Muhiddinov Dilshod Nigʻmatovich.

Darxaqiqat, vatan muqaddas va aziz goʻsha. Uni asrab avaylash esa, har birimizning muqaddas burchimizdir. Buning uchun esa, insondan fidoiylik va oʻz ona vataniga boʻlgan sadoqat talab etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham ana shu kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan. Tadbir soʻngida “Impuls” harbiy jamoasi tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etilib, barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing