“Milliy armiyamiz - Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir”
“Milliy armiyamiz - Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir”
“Milliy armiyamiz - Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir”
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Milliy armiyamiz - Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoir va yozuvchilar, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari, Mudofaa vazirligi Maxsus avariya tiklash boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi tomonidan olib borilayotgan islohotlarning samarali natijasi tufayli 2022-yilda erishilgan yutuqlar xaqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berildi. Tadbir davomida Qurolli Kuchlar davlat muzeyining fotokoʻrgazmalari, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan rasm chizish boʻyicha tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi. Tadbir soʻngida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoiylarga sovgʻalar taqdim etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing