Qoraqalpog‘istonlik nuroniylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi
Qoraqalpog‘istonlik nuroniylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi
Qoraqalpog‘istonlik nuroniylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan respublikamizda istiqomat qilayotgan nafaqadagi nuroniylar uchun Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi. Dastavval keksa-nuroniylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi. O‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi ushbu majmua keksa avlod vakillarida katta taasurot uyg‘otdi.

Majmuadagi har bir hudud va eksponatlarni ko‘zdan kechirgan nuroniylar ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho berib, tinchlik naqadar ulug‘ ne’mat ekani, uni asrab-avaylash esa, har bir fuqaroning burchi va vazifasi ekanini ta’kidlashdi. Ayniqsa, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi ota-bobolarimizning tinchlik uchun kurashib, jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligini ochib beruvchi ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirish mobaynida o‘zlarining yaqinlari haqidagi noyob ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing