Ertamiz egalari tantanali “Va’da berdi”
Ertamiz egalari tantanali “Va’da berdi”
Ertamiz egalari tantanali “Va’da berdi”
Joriy yilning 23-dekabr kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida  Toshkent shahridagi qator umuta’lim maktablarining 10- va 11- sinf o‘quvchilaridan shakllantirilgan "VATAN TAYANCHI" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadining bo‘lajak vatan himoyachilari “Kelajakda muqaddas ona vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz!, –deya tantanali va’da berdi.

        Tadbirda Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.  So‘z olganlar so‘nggi yillarda Mudofaa vazirligi tomonidan ertamiz egalarini komil hamda vatanparvar inson bo‘lib voyaga yetishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, bu borada erishilayotgan yutuqlar borasida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berishdi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda, harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing