“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida gid-tarjimonlar uchun tashkil etilgan o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida gid-tarjimonlar uchun tashkil etilgan o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida gid-tarjimonlar uchun tashkil etilgan o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar davom etmoqda
Madaniy meros ob’yektlarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida gidlarning bir haftalik malaka oshirish kursi doirasida tinglovchilarga “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uninig tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan bog‘liq o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

        Unda gidlarga ushbu majmuaning barpo etilishi, arxitektura, loyihalash va qurilish jarayonlaridan tortib bugungi kundagi faoliyati xaqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot doirasida soha vakillariga “Gʻalaba bog‘i” hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi xaqidagi videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, ushbu maskandan o‘rin ekspozisiyalar, eksponat hamda vatan fidoiylari xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar.
        –  Ushbu mashg‘ulot  gid-tarjimonlar uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, tarixni anglamay turib, buyuk kelajakni bunyod etib bo‘lmaydi. Mashg‘ulot davomida bugungi tinch va farovon kunlarimiz uchun o‘z jonini qurbon qilgan ajdodlarimizning boshidan kechirganlari, ularning matonati hamda oliyjanobligi bilan bog‘liq noyob ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmonlarni ushbu majmua faoliyati bilan batafsil tanishtirish uchun o‘zimizga kerakli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik,–deydi mashg‘ulot ishtirokchisi gid-tarjimon Madina Almayeva. 
        “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida gid-tarjimonlar uchun tashkil etilayotgan o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing