Tojikiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Radjabali Rahmonaliy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Tashrif chog‘ida mehmonlar poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham bo‘lib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

        Dastavval delegatsiya a’zolari ushbu majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi. Shuningdek, majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Vatan tinchligini himoya qilish yo‘lida hatto o‘z jonidan kechgan buyuk va qahramon ota-bobolarimizning jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati, ularning boshidan kechirgan azobu uqubatlarini o‘zida aks etgan ma’lumotlar hamda ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirib, olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing