Tojikiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillaridan iborat delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘ldi

Tojikiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari general - mayor Samarzoda Kiyomiddin Sharof boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

        Tashrif chog‘ida mehmonlar ushbu majmua hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil ma’lumotlar olishdi. Mazkur maskan faoliyatiga yuqori baho bergan delegasiya a’zolari Ikkinchi jahon urushida xalqlar va millatlar ozodligi yo‘lida yuksak jasorat va fidoiylik ko‘rsatgan O‘zbekiston xalqining boshidan kechirgan ayanchli kunlari hamda uni yengib o‘tishda bosib o‘tgan shonli yo‘li o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rnak va namuna ekani, o‘z navbatida, ushbu majmua muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing