Qozog‘iston jangchi-faxriylarining avtomarafon  ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” ga sayohat qildi
Qozog‘iston jangchi-faxriylarining avtomarafon  ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” ga sayohat qildi
Qozog‘iston jangchi-faxriylarining avtomarafon  ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” ga sayohat qildi
So‘nggi yillarda yurtimizda Xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, xalq diplomatiyasi, xalqaro turizmni rivojlantirish  bo‘icha qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

        Jumladan, 21-oktyabr kuni Qozog‘iston jangchi-faxriylari tomonidan avtomarafon tashkil etilib,  ishtirokchilar 29 oktyabr kuni Toshkentga yetib keldi. Mehmonlarni O‘zbekiston «VETERAN» jangchi-faxriylar va nogironlar Birlashmasi  vakillari kutib olishdi. Shundan so‘ng, Marafon ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi. Tarix va bugunni bog‘lab turuvchi ushbu majmua mehmonlarda katta taasurot qoldirdi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan  Ikkinchi jahon urushi davrida vatan tinchligni dushmandan himoya qilish yo‘lida O‘zbekiston xalqining millatlar ozodligi va xalqlar tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, insoniyligi va oliyjanobligidan hikoya qiluvchi nodir eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv chog‘ida “Shon -sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Unda ikki davlat faxriylari o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr almashdilar. Shundan so‘ng, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari  topshirildi. Tadbirda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida Qozoqiston   jangchi-faxriylari tomonidan O‘zbekiston «VETERAN» jangchi-faxriylar va nogironlar Birlashmasi  vakillariga Qozoq milliy kiymlari esdalik sifatida topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing