Talabalar tomonidan “Ikkinchi imkon” qisqa metrajli film “Gʻalaba bogʻi” da suratga olindi
Talabalar tomonidan “Ikkinchi imkon” qisqa metrajli film “Gʻalaba bogʻi” da suratga olindi
Talabalar tomonidan “Ikkinchi imkon” qisqa metrajli film “Gʻalaba bogʻi” da suratga olindi
Tarixni chuqurroq anglamay turib, mustahkam kelajakni barpo etib boʻlmaydi. Bugungi kunda yurtimizda ertamiz egalarini har tomonlama komil va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlari yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumanida barpo etilgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi oʻtmish va bugunni bogʻlab turuvchi, shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, jonajon va aziz vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish, ajdodlarimizning vatan tinchligini asrab avaylash yoʻlida koʻrsatgan jasoratini yurakdan his qilish va ularga munosib davomchi boʻlishga undovchi muazzam maskanga aylandi.

Mazkur Majmua hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida turli hil vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar doimiy ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 26 – oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Kino, televideniya va radio sanʼati fakulteti “Kino-teleoperatorlik” taʼlimi oʻynalishi boʻyicha 2-bosqich  talabalari tomonidan “Ikkinchi imkon” nomli qisqa metrajli film tasvirga olindi. Unda ertamiz egalari ajdodlarimizning bosib oʻtgan mashaqqatli xayot yoʻllari hamda Ikkinchi jahon urushi davrida erishilgan buyuk gʻalabadan soʻng oʻz yaqinlarini toshkent temir yoʻl vokzalida kutib olayotgan jarayonlarni oʻzida aks etgan sahna koʻrinishlarini zoʻr mahorat bilan ijro etdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing