Ajdodlar jasorati mangu qalbimizda
Ajdodlar jasorati mangu qalbimizda
Ajdodlar jasorati mangu qalbimizda
Yurtimizda so‘ngi yillarda “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida  turli hil vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

        Jumladan, kam ta’minlangan hamda mas’uliyati cheklangan bolalarga har tomonlama ko‘mak berish, ularning ruhiy olamini boyitish, ma’nan sog‘lom bo‘lishlari uchun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar  zamirida insonparvarlik va mehr-oqibat kabi ezgu maqsadlar mujassam. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi jamoasi tomonidan ham bu kabi tahsinga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilninig 29-oktyabr kuni poytaxtimizning  Olmazor tumanidagi 106-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida ”Shon sharaf” davlat muzeyining  Ko‘chma ko‘rgazmalar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonlarida qo‘llanilgan qurol-aslahalar, sanitar buyumlar, kiyim kechaklar, buyuk g‘alabaga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbekistonlik fidoiylarning orden va medallari hamda jang maydonlaridan topilgan eksponatlar namoyish etildi.

        – Bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun hatto o‘z jonlarini qurbon qilgan ajdodlarimizdan minnatdormiz, ularning porloq xotirasi doimo qalbimizda,–deya hayajon ila o‘zlarining dil izhorlarini bayon etgan bolajonlar ushbu noyob ekspоnatlar xaqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi. Darhaqiqat, tarix va bugunni bog‘lab turuvchi ushbu majmua tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar ertamiz egalari bo‘lmish yosh avlodni ona vatanga bo‘lgan mehr va muhabbatlarini yanada kuchaytirish, ular qalbida ajdodlarga bo‘lgan xurmat va ehtirom hissini yanada ortishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing