Hamkorlik davom etmoqda
Hamkorlik davom etmoqda
Hamkorlik davom etmoqda
2022-yilning 20-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida joylashgan “Stalingrad jangi” muzey panoramasida “Volga boʻyida suhbat: XXI asrda tinchlik va oʻzaro munosabatlar” jamiyat diplomatiyasi Xalqaro forumi doirasida “Yodgorlik majmualari tarixiy xotirani saqlash markazlari sifatida” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu tadbirga “Shon-sharaf” davlat muzeyi jamosi ham onlayn tarzda ishtirok etish uchun taklif etildi.

Davra suhbatini “Stalingrad jangi” muzey panoramasi direktori Dementyev A.V kirish soʻzi bilan ochdi. Davra suhbatida Rossiya, Oʻzbekiston, Italiya, Belarus Respublikasi yodgorlik majmualari va muzeylari vakillarining chiqishlari boʻlib oʻtdi. 

Ushbu onlayn tadbirda “Shon-sharaf” davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Sh. Raximov “Oʻzbekistonlik jangchilarning Stalingrad jangidagi ishtiroklari” mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing