“ArMI-2022” Xalqaro armiya oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlandi
“ArMI-2022” Xalqaro armiya oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlandi
“ArMI-2022” Xalqaro armiya oʻyinlari gʻoliblari munosib taqdirlandi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari yilning eng nufuzli harbiy musobaqalaridan biri boʻlgan “ArMI-2022” Xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etib, milliy armiyamizning qudratini yana bir bor namoyon etdi. Ushbu musobaqada yurtimizning mard va jasur oʻgʻil–qizlari 7 ta oltin, 10 ta kumush hamda 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Faxr bilan aytish joizki, 37 ta davlat ichida umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi oʻrinni egallashga muvofaq boʻlishdi.

        Joriy yilning 17 sentayabr kuni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining Amfiteatrida “ArMI-2022” Xalqaro armiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy jamoalarni hamda harbiy xizmatchilarni qutlashga bagʻishlangan tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi vakillari, Oliy majlis deputatlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. Unda har bir musobaqa yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan harbiy jamoa aʼzolari tantanali ravishda  qimmatbaho sovgʻalar, pul mukofoti hamda belgilangan xizmat muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonlar bilan taqdirlandilar. Aytish joizki, xalqaro maydondagi yutuqlar va orttirilgan tajribalar milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarninig bilim va koʻnikmasi, kasbiy tayyorgarligini yanada ortishiga xizmat qilmoqda. Tantanali marosimda yurtimizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etilib, barchaga olam-olam quvonch ulashdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing