Bayram tantanalari davom etmoqda
Bayram tantanalari davom etmoqda
Bayram tantanalari davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida O‘zbekiston “VETERAN” Jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

        Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston respublikalari hamda Rossiyadan Federasiyasidan ham mehmonlar ishtirok etdi. Dastavval mehmonlar matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova hamda uninig kelinlari sharafiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gul qo‘yishdi. Bayram tadbirida bir guruh faxriylarga medal, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, barchaga o‘zbek milliy taomi hisoblanmish osh tortiq qilindi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bayram tadbiridan so‘ng, tadbir ishtirokchilari poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing