Pokiston Qurolli Kuchlaridan iborat delegasiyasi “Gʻalaba bog‘i” ga tashrif buyurdi
Pokiston Qurolli Kuchlaridan iborat delegasiyasi “Gʻalaba bog‘i” ga tashrif buyurdi
Pokiston Qurolli Kuchlaridan iborat delegasiyasi “Gʻalaba bog‘i” ga tashrif buyurdi
Pokiston Qurolli kuchlari Milliy Mudofaa universitetining o‘qituvchi va tinglovchilaridan iborat delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

        Tashrif avvalida mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib, ta’lim jarayonlari va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, ushbu maskandan o‘rin olgan Ikkinchi jahon urushiga oid bo‘lgan eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdilar. O‘zbekiston xalqining tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan qahramonligi, fidoiyligi va xalqparvarligini o‘zida aks ettirgan nodir materiallar bilan tanishgan mehmonlar, – O‘zbekiston xalqi azal-azaldan mehmondo‘st, bag‘rikeng va bolajaon, mehridaryo xalqlardan ekanini faxr bilan e’tirof etishdi. Mazkur majmuadan olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing