Yoshlar oyligi doirasida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ertamiz egalari bilan gavjum
Yoshlar oyligi doirasida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ertamiz egalari bilan gavjum
Yoshlar oyligi doirasida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ertamiz egalari bilan gavjum
Yoshlar oyligi doirasida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ertamiz egalari sayohat uyushtirib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

        Yurtimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida qator vazifalar belgilangan edi. Ayniqsa, ularning ona vatanga bo‘lgan mehr va muhabbatlarini yanada oshirish, oqibat, sadoqt, sahovat kabi insoniy fazilatlarni ular ongiga singdirish, ularni ajdodlarmizga munosib tarzda tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bugun o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi aynan ertamiz egalarining vatanparvar bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu maskanga sayohat qilgan yoshlarga e’tibor berara ekansiz, ularning ko‘zlaridagi hayrat va shukronalikni ko‘rib, biz ko‘zlagan maqsadlarning ro‘yobi namoyon bo‘lgandek go‘yo. 
        –  Biz tinchlikni qadrlashga, muqaddas vatanimizni ko‘z qorachig‘imizdek asrashga mas’ulmiz. Chunki ona vatanimiz tinchligini dushmandan himoya qilish uchun qanchadan-qancha ota-bobolarimiz shirin jonidan kechganligi, hatto och nahor qolgan damlarda ham dushmanga taslim bo‘lmay, o‘z yurtiga sodiq bo‘lgan buyuk ajdodlarimizninig davomchisi ekanimizdan faxrlanamiz, –deydi poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 153-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ibrohim  Shavkatov.
        Darhaqiqat, bugun yoshlarni har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib kamol topishlari uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ertangi tarqqiyot uchun qo‘yilayotgan muhim qadamdir.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing