Xalqaro hamkorlik va rivojlanish istiqbollari
Xalqaro hamkorlik va rivojlanish istiqbollari
Xalqaro hamkorlik va rivojlanish istiqbollari
Ma’lumki yurtimizda “O‘zbekiston va Tojikiston strategik sherikchiligining Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishini ta’minlashdagi roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

        Mazkur konferensiya doirasida mehmonlar poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mazkur majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining front va front ortida ko‘rsatgan yuksak insonparvarligi va oliyjanobligini e’tirof etib, millatlar ozodligi va xalqlar tinchligi yo‘lida jon olib jon bergan buyuk ajdodlarimiz xotirasini yod etdi. Ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar olgan taassurotlarini “Shon-sharaf” davlat muzeyining faxriy mehmonlarning dil izhorlarini bitish kitobiga esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing