Biz baxtiyor bolalarmiz!
Biz baxtiyor bolalarmiz!
Biz baxtiyor bolalarmiz!
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarida keng nishonlanadi.

        Mamlakatimizda ham ushbu sanani ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, bolalarning  huquqlarini himoya qilish, himoyalangan jamiyatda yashash imkoniyatlari, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib ulg‘ayishlariga zamin yaratishdan iboratdir. Poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi chin ma’noda yoshlarning sevimli maskaniga aylanib bormoqda. 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan bayramona dasturlar ularni yanada ona  vatanga bo‘lgan mehrini kuchaytirmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi hamda Mudofaa vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda bolajonlarga o‘quv qurollari hamda badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Ayniqsa, bolalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, vatanni madh etuvchi sahna ko‘rinishlari barchaga unutilmas onlarni hadya etdi. Tadbir doirasida bolalar “Gʻalaba bog‘i” hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qildilar.  Yurtimizda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning kelajakda ma’nan boy, jismonan sog‘lom va axloqan yetuk bo‘lib voyaga yetishlari uchun amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

 

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing