O‘zbekiston farzandi ekanimizdan baxtiyormiz
O‘zbekiston farzandi ekanimizdan baxtiyormiz
O‘zbekiston farzandi ekanimizdan baxtiyormiz
Toshkent shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli “Respublika kasb-hunar maktabi” o‘quvchilari uchun “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirldi.

        Yoshlar majmua hududidagi Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonlarida qo‘llanilgan harbiy texnikalar bilan tanishib, – Tinch va osuda O‘zbekiston farzandi ekanimizdan baxtiyormiz,– deya ta’kidladilar. Sayohat davomida bolalar “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi eksponat va ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirib, ota-bobolarimizning tinchlik uchun kurashib, jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati va ona vatanga bo‘lgan sadoqatini o‘zida namoyon etgan noyob ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing