Unda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bojxona qo‘mitasi shuningdek, Rossiya Federasiyasi, Belarus va Qozog‘iston respublikalari idoralarining jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bellashadilar. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Rossiya Federasiyasi, Belarus va Qozog‘iston respublikalar idoralarining xodimlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining front va front ortida ko‘rsatgan fidoiyli va jasoratidan hikoya qiluvchi nodir eksponat va ekspozisilarni ko‘zdan kechirishdi. Ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar O‘zbekiston xalqining naqadar bag‘ri keng va oliyjanob xalqlardan ekanligini e’tirof etishdi.