“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” rasmlar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” rasmlar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” rasmlar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
Yurtimizda yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga,  kafolatlash O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi.

        Shunday ekan, ertamiz egalariga har tomonlama ko‘mak berish, ularni ma’nan yetuk, jismonat sog‘lom bo‘lib yetishishlari uchun zamin yaratadi. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida tashkil etilgan “Musaffo osmon” rasmlar ko‘rik tanlovi ham ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida tashkil etildi. Bolajonlarga olam-olam quvonch bag‘ishlagan ushbu tanlov “Butunjahon xalqaro polisiya assosiasiyasi” hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Toshkent shahri hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidan kelgan iste’dodli yoshlar, poytaxtimizdagi qator maktab - internati o‘quvchilari ishtirok etib,  bor mahoratlarini namoyon etishdi. Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, Davlat Bojhona Qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi tomonidan ijro etilgan xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan sahna ko‘rinishlari yoshlarda katta taasurot qoldirdi. Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar hamda sertifikatlar topshirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing