“Gʻalaba bogʻi”da 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan vatanparvarlik ruhidagi tadbirlari oʻtkazildi

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida turli vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Poytaxtimizda joylashgan Yangihayot tumani Xalq taʼlimi boʻlimi Ijtimoiy va Tabiiy fanlar metodisti Lola Oynazarova tomonidan Ijtimoiy fan oʻqituvchilari uchun “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” nomli tadbir oʻtkazildi.

Unda tuman tasarrufidagi 16 ta umumtaʼlim maktabining tarix, tarbiya va huquq fani oʻqituvchilari faol ishtirok etdilar. Oʻqituvchilar tomonidan vatanni madh etuvchi sahna koʻrinishlari, raqslar, badiiy chiqishlar namoyish etilib, qiziqarli tezkor savol-javoblar oʻtkazildi. Barchaga unutilmas onlarni hadya etgan tadbirda yosh mutaxassislar yanada oʻz bilimlarini boyitishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing