9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi
9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi
9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi. Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi. Davlatimiz rahbari majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Sana munosabati bilan ushbu maskanda Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdi. Shuningdek, majmuada 9-may – Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlash maqsadida yurtdoshlarimiz uchun bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda yurtimizning taniqli sanʼatkorlari, mamlakatimizning turli tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan isteʼdodli yoshlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing