Belorus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko  Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Belorus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko mamlakatimizga tashrifi  doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

        Dastavval mehmonlar jafokash va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik  poyiga gulchambar qo‘yib tazim bajo keltirishdi. Shundan so‘ng,  “Shon-sharaf” davlat muzeyida ham bo‘lib, eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

        Ta’kidlash kerak, Belarus Bosh vaziri Gʻalaba bog‘i va “Shon-sharaf” muzeyi bo‘ylab sayohatini yuqori baholab, mazkur maskan unda katta taassurot qoldirganini e’tirof etdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing