“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Xayrli sumalak” tadbiri bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Xayrli sumalak” tadbiri bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Xayrli sumalak” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Olmazor tumani hokimligi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Volontyorlar assosiasiyasi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda Toshkent shahar Mehribonlik bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda Olmazor tumanidagi 18 yoshgacha bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan bolalar ishtirok etdi.

        Tadbir avvalida bolalar ishtirokida majmuaning bog‘ hududiga mevali daraxtlar ekildi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy gvardiya orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuylar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, harbiylar tomonidan bajarilgan jang san’atini o‘zida aks etgan sahna ko‘rinishlari bolajonlarga o‘zgacha g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda zamin yaratdi. Shundan so‘ng, barchaga milliy taomlarimiz hisoblanmish sumalak va osh tortiq qilindi. Bolalarga quvonchli damlarni hadya etgan tadbirda turli xil ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, barcha bolalarga sovg‘alar ulashildi. Jumladan, Tosh kuchi, Arqon tortish, Oq terakmi-ko‘k terak, Suv sehri, Kamon sehri, So‘z o‘yini  kabi milliylikni o‘zida namoyon etgan musobaqalar bolajonlarga bahoriy xush kayfiyat ulashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing