Unda Toshkent shahar harbiy prokurori, Adliya polkovnigi Xolboyev Otabek Akbarovich, Toshkent shahar notarial palatasida faoliyat yuritayotgan notarius Fozilxodja Nabiyev, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ma’muriyati hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Jamoatchilik tartibini saqlash” masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilgan islohotlar va taraqqiyot dasturlarining asosiy g‘oyasi xalq manfaatlarini ifoda etadigan fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash orqali adolatni qaror toptirish ekanligi, Yangi O‘zbekistonning rivojlanish yo‘li aynan xalqchil ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, uchrashuvda fuqarolar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan yetarlicha ma’lumotlar berildi.