“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Navoiy nazmida Navro‘z” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ushbu ma’rifiy kechada yozuvchi va shoirlar tomonidan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘zi olam xaqidagi fikrlari va yozgan baytlari zo‘r mahorat bilan yetkazib berildi. Tadbirda ishtirok etgan yoshlar uzoq o‘tmishda ajdodlarimizning ona vatanga va tabiatga nisbatan ko‘rsatgan mehri va fidoiyligi bilan bog‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Qiziqarli va mazmunli lahzalarga boy tarzda o‘tgan ushbu kechada ertamiz egalari o‘zlarini qiziqtirgan qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi. Shundan so‘ng, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.