Harbiy xizmatchilarga navbatdagi unvonlar topshirildi
Harbiy xizmatchilarga navbatdagi unvonlar topshirildi
Harbiy xizmatchilarga navbatdagi unvonlar topshirildi
Barchaga maʼlumki soʻnggi yillarda Mudofaa vazirligida yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 19 – mart kuni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining oddiy askar va serjantlar tarkibidagi shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilari ofitserlar tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagani hamda ofitserlar tarkibida keyingi xizmatni davom ettirish uchun qoʻshinlarga yuborilishi oldidan bitiruvchilarga sertifikat, ofitserlik guvohnomasi va navbatdagi harbiy unvonlar tantanali  ravishda topshirildi. Taʼkidlash kerakki, yurtimizda Mudofaa salohiyati va qudratini  yanada oshirishda harbiy xizmatchilarning xizmatlari beqiyos.  Shunday ekan, bugungi kunda ularga qaratilayotgan eʼtibor, oʻz xizmat vazifasini sadoqat bilan ado etishlari uchun zamin yaratmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing