Vatanga munosib voris boʻlamiz!
Vatanga munosib voris boʻlamiz!
Vatanga munosib voris boʻlamiz!
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati”, “Mening huquq va majburiyatlarim” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 100 ga yaqin tanlov ishtirokchilari uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi. Majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan bolalarning koʻzlarida aks etgan xayrat, ajdodlarimizning vatanga boʻlgan sadoqati va matonatini chuqurroq anglaganliklaridan dalolat berib, ular qalbida bugungi osoyishta kunlarimizga boʻlgan shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

– Vatanga munosib voris boʻlamiz,–deya taʼkidlagan yoshlar, Ikkinchi jahon urushining boshlanishidan Buyuk Gʻalabagacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston xalqining front va front ortida koʻrsatgan yuksak vatanparvarlik va sadoqatini oʻzida mujassam etgan nodir va noyob eksponatlarni koʻzdan kechirdi. Taʼkidlash kerakki, mazkur majmua chin maʼnoda Vatan ozodligi yoʻlida qahramonlik koʻrsatgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻlini yoshlarimizga oʻrnak va namuna qilib, ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing