Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Milliy Mudofaa boshqarmasi markazi ofitserlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ikkinchi jahon urushi yillarida tinchlikni ta’minlash yo‘lida qahramonlik namunalari ko‘rsatgan O‘zbekiston xalqininig insonparvarligi, sahovati, shuninigdek front ortidagi mashshaqatli xizmatlarini alohida e’tirof etib “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berdi.