Qozog‘iston Mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Qozog‘iston Mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Qozog‘iston Mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov 22-noyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat mudofaa sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi. Uchrashuv chog‘ida qardosh xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy-texnik hamkorlik masalalariga ham etibor qaratilib, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, mehmonlar poytaxtimizdagi muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yishdi. Majmua huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi davriga oid bo‘lgan noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirgan mehmonlar ushbu maskandan olgan iliq taassurotlarini faxriy mehmonlarninig dil izhorlarini bitish kitobiga esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing