“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi
Ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashda, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berishda pedagog kadrlarninig kasbiy mahorati muhim o‘rin tutadi. Poytaxtimizning Olmazor tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida yoshlarni har tomonlama komil inson bo‘lib shakllanishlari uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi. Unda jami mingga yaqin bolajonlar ishtirok etdi.

–  Biz “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga juda ko‘p kelar edik. Ammo bugun o‘zimizni har doimgidan ko‘ra ko‘proq tarixga sayohat qilgandek his etdik. Ajdodlarimizning ayanchli taqdirini yanada ko‘proq angladik. Sababi majmuaning har bir hududi va eksponatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar dars shaklida aniq va tushunarli tarzda yetkazib berildi. Bu esa, men va tengdoshlarim qalbida yanada ona vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirib, bugungi tinch va xotirjam hayotni qadriga yetishga, ota-bobolarimiz kabi mard va jasur bo‘lishga undadi desam xato bo‘lmaydi,– deydi Olmazor tumani 234 – umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Qudratillayev Abdulloh.

Sayyor darslar jarayonida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumotlar olishdi.

–  Bugungi kunda xalq ta’limi tizimiga yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda o‘quv dasturlarini joriy etish, pedagoglarning kasbiy mahoratini izchil oshirib borish eng ustuvor vazifalardan biridir. O‘quvchilarni komil inson bo‘lib ulg‘ayishlari uchun avvalo ular ongida vatanparvarlik tuyg‘usi kuchli bo‘lishi lozim.  Sayyor darslarning aynan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgani biz ko‘zlagan ezgu maqsadlarni samarali bo‘lishida muhim o‘rin tutmoqda. Shu o‘rinda bizga qulay sharoit yaratib bergan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz,– deydi Olmazor tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Yaxshigul Shodiyeva.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing