“Oʻzbek tilida harbiy terminologiya” masalalariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
“Oʻzbek tilida harbiy terminologiya” masalalariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
“Oʻzbek tilida harbiy terminologiya” masalalariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Til millat koʻzgusi, gʻururi, tafakkur manbaidir.

        “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida 21-oktabr Davlat tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Oʻzbek tilida harbiy terminologiya” masalalariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu kechada Mudofaa vazirligi hamda Bojxona instituti masʼul ofitserlari,  kursantlar va tilshunos tadqiqotchilar ishtirok etdi. Soʻz olganlar, Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi– Milliy tiklanish, milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizninig jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼruzalar qildi. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili, xalqimiz uchun milliy oʻzlik, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyat ekanligi eʼtirof etilib, yoshlarning yanada bilimli va masʼuliyatli boʻlib shakllanishlarida muhim oʻrin tutuvchi omillar xususida tavsiyalar berildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing